+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

TURK ADIBI MUSTAFO QUTLU HIKOYACHILIGINING YETAKCHI TAMOYILLARI

muallif

  • Poshshajon Kenjayeva

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-01-04

Muhim iboralar:

turk hikoyasi, Mustafo Qutlu, tamoyil, anʼana, modernizm, tahlil.

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy turk hikoyachiligining taniqli adiblaridan biri Mustafo Qutlu hikoyalari tadqiq etilgan. Uning hayoti va ijodi, asarlarining badiiy tili, yozuvchining soʻz manbalari, adabiy taʼsir doirasi, shuningdek, adib ijodining yetakchi tamoyillari va uslubiy oʻziga xosligi haqida fikr yuritilgan. Maqolada tahlilga tortilgan hikoyalardagi eng muhim jihat shundaki, 90-yillardan keyin turk hikoyachiligi yangi sifat bos­qichiga koʻtarildi. Bu davrdan boshlab, turk hikoyanavislari, real hayot muammolarini inson psixologik holatlari fo­nida tasvirlash tamoyilini ijodning bosh prinsipiga aylantirdilar. Xususan, M.Qutlu ijodida turk folklori, Sharq klassikasi anʼanalarini zamonaviy usulda qayta jonlantirish, shu asosda janr, syujet, qahramon va uslub komponentlarini yangilash tamoyili yetakchilik qiladi. Uning hikoyalarida syujet motivatsiyasi, ramz va timsollar modifikatsiyasi muvofiq tarzda qoʻllangan. Xizr alayhissalom, Dada Qoʻrqut, soʻfiy, ertakchi, suv parisi, dengiz singari obrazlar yangi syujet, yangi hikoya voqeligi fonida badiiy inkishof etilgan.

Maqola mavzusini yoritishda yozuvchining “Karpuz” (“Tarvuz”), “Sebebimsin” (“Sababchimsan”), “Kötü Bülbül” (“Bulbul intiqomi”), “Çiğdem Güzeli” (“Goʻzal boychechak”), “Şafak Pembesi” (“Shafaq rangi”),  “Hayat Güzeldir”  (“Hayot goʻzaldir”) singari hikoyalari tahlilga tortilgan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-29

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521