+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

IROQLIK ZAMONAVIY YOZUVCHI ABDURAHMON MAJID AR-RUBAYʼIY IJODIGA BIR NAZAR

muallif

  • Dilafruz Muxiddinova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-01-03

Muhim iboralar:

arab dunyosi, Iroq adabiyoti, qisqa hikoya, anʼana va novatorlik, individualizm, realizm, modernizm, “ong oqimi”.

Annotatsiya

Arab dunyosi xilma-xil va rang-barangdir. Har bir arab mamlakatining oʻziga xos madaniyati, adabiyoti mavjud. Zamonaviy Iroq adabiyoti, xususan, hikoyanavisligi oʻzining sermahsulligi va ijodkorlar uslubining oʻziga xosligi bilan oʻz milliy xususiyatlarini namoyon qiladi.

XX asrning oʻrtalariga kelib umumjahon adabiy jarayonlar taʼsiri natijasida bir qator Iroq adiblari arab xalqining dunyoqarashi, qadriyatlari, milliy xususiyatlariga mutanosib boʻlgan asarlarni yaratdilar. Bu davrga kelib “qisqa hikoya” ( القصة القصيرة- al-qissa al - qasira) – hikoya janri Iroq adabiyotining yetakchi janrlaridan biri­ga aylandi. Iroq hikoyanavisligidagi ana shunday tamoyillarni Abduvahob Amin, Jaʼfar al- Haliliy, Xalaf Shavqiy ad-Doudiy, Ibrohim Solih, Mixail Tesiy, Nuri Sobit, Abdurrazzoq ash-Shayx Ali, Mahdi Iso as-Saqar, Salah Salmon, Edmon Sabri, Abdulhaq Fodil, Abdulmajid Lutfi, Fuad at- Tekerliy, Majid ar- Rubayʼiy, Abdumalik Nuriy, Yusuf al- Haydariy va boshqalarning ijodida koʻrish mumkin. Abdurrahmon Majid ar-Rubayʼiy zamonaviy Iroq adabiyotining yorqin namoyandalaridan biridir. Adibning ijodini toʻrt davrga boʻlib oʻrganish mumkin. Birinchi davr 1966–1969-yillarni oʻz ichiga olib, bu davrda uning uchta hikoyalar toʻplami nashrdan chiqdi. Yozuvchi ijodining ikkinchi davri 1970-1975-yillarga toʻgʻri keladi. Majid ar-Rubayʼiy ijodining uchinchi davri 1976 – 1979-yillarga toʻgʻri keladi. XX asrning 80- yillariga kelib Majid ar-Rubayʼiy ijodida yangi bir davr boshlandi. Bu davrda oʻz xalqining tarixini yoritish, anʼanaviy janr xususiyatlarini yangicha badiiy – uslubiy izlanishlar jara­yo­nida davom ettirish asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. 

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-29

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521