+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

FARG‘ONA VODIYSINING SOPOL BUYUMLARI TARIXI MASALASIGA BAG‘ISHLANGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR TAHLILI (XX-XXI ASRLAR TADQIQOTLARI MISOLIDA)

muallif

  • Mahliyo Turdixo‘jayeva

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-03-12

Muhim iboralar:

sopol, hunarmandchilik, angob, ko‘za, xum, sopollar tipalogiyasi, Quva sopollari, Axsikent sopollari.

Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona vodiysi arxeologik tadqiqotlarida sopollar masalasi qayd etilgan bo‘lib, ushbu muammo doirasidagi bir qator materiallar tahlili keltirilgan. Vodiy arxeologik obyektlarida uchraydigan sopol topilmalarini tadqiq etgan farg‘onashunos arxeologlar xulosalari maqolada aks etgan. Shuningdek, sopol buyumlar masalasiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va ulardagi nazariy-metodologik jihatlar keltrilgan. Farg‘ona vodiysining qizil angobli sopol buyumlarining turli tiplari va ularning xronologiyasi xususida fikrlar ilgari surilgan. Yu.Zadneprovskiy, I.Axrorov, V.Shishkin, B.Litvinskiy, A.Anorboyev, B.Abdulgaziyeva, Ya.G.Gulyamov, M.E.Masson, A.N.Bershtam, V.D.Jukov, T.G.Oboldueva, E.A.Davidovich, B.X. Matboboyev kabi mashhur arxeolog-tarixchilarning Farg‘ona tarixiga bag‘ishlangan asarlarida hunarmandchilik va sopol buyumlar tipologiyasi haqidagi nazariyalari qiyoslanib, tadqiqotlardagi farqli jihatlar aniqlangan. Natalya Gorbunovaning qabr topilmalari asosidagi qadimgi sopol buyumlar va sopol yasash texnikasining Farg‘ona vodiysidagi boshqa hududlarda uchramaydigan jihatlari haqidagi fikrlari keltirilgan. Sopol hunarmandchiligi shaharsozlik madaniyati bilan uzviy holda o‘rganilib, stratigrafiya va sopol majmuasi tarkibi masalalarini aniqlashtirishga qaratilgan hamda bir qator tadqiqotlarning xulosalari taqdim etildi. Farg‘onaning ko‘plab hududlarida uchraydigan qizil angobli sopol buyumlarni turli tiplarga va davrlarga ajratgan arxeolog olima N.Gorbunovaning ham ishlari keltirilgan bo‘lib, uning qabr topilmalari asosida qadimgi sopol buyumlar tahlilini bergan tadqiqotlaridagi sopol yasash texnikasining Farg‘ona vodiysida boshqa hududlarda uchramaydigan darajada ekanligini asoslashga urinilgan fikrlari keltirilgan. Shu bilan birga, Litvinskiyning Oʻrta Osiyoning turli mintaqalaridagi qabristonlarning kulolchilik buyumlarining farqlari va oʻzaro bogʻliqligini ochib bergan ilmiy ishlari va ularning oʻziga xos jihatlari tarixshunoslik jihatidan tahlil etilgan. Sopol buyumlar shakllarining evolyutsiyasi va xronologiyasi masalalari ham maqolada vodiy misolida tadqiq qilingan. Arxeologlarning Farg‘ona vodiysi  kulolchilik buyumlarining tasnifi keltirgan .  Farg‘ona vodiysining qadimgi va  ilk o‘rta asrlar tarixini  ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan tadqiq etishda sopol topilmalarning o‘rni katta ekanligi hamda ular bilan ishlashda qo‘llaniladigan usullarni yanada mukammallashtirish zarur ekanligi kabi takliflar bilan xulosalangan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-28

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521