+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

BUXORO AMIRLIGI KARVON SAROYLARI XIX ASR BIRINCHI YARMI TADQIQOTLARIDA

muallif

  • Rahima Alimova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-03-11

Muhim iboralar:

Karvon saroy, elchilik, ekspeditsiya, A.F.Negri, E.K.Meyendorf, E.Eversman, Budrin, K.F.Butenyev, N.Xanikov.

Annotatsiya

Mazkur maqolada XIX asrning birinchi yarmida Buxoroga uyushtirilgan Rossiya elchiliklari va ekspeditsiyalari, ulardan kutilgan maqsad, elchilik vakillari tomonidan yaratilgan asarlar va ularda Buxoro amirligidagi karvon saroylar haqidagi maʼlumotlar ochib berilgan. Masalan, 1820-yilda Buxoroga yuborilgan A.F.Negri boshchiligidagi elchilik, elchilikning maqsadi, elchilik vakillari, ular tomonidan yaratilgan asarlar bo‘yicha maʼlumotlar tahlil qilinadi. Elchilik vakili rus ofitseri, sayyohi E.K.Meyendorfga Orsk va Troiskdan Sirdaryogacha bo‘lgan yerlarda qalʼa qurish uchun qulay joylarni aniqlash, uzunlik va kenglik astronomik kuzatuvlarini olib borish, yo‘llar marshrutlarini kuzatish topshirilgan. Elchilik tarkibida naturalist, botanik, zoolog, entomolog, paleontolog, vrach va sayyoh E.A.Eversman (1794-1860) ham bo‘lib, u 1820-yilda Orenburg general-gubernatori Essenning tavsiyasiga ko‘ra, Buxoroga jo‘natilayotgan rus elchiligida vrach bo‘lib qatnashgan. U elchilik tarkibida tatar savdogari qiyofasida Buxoroga kelgan. E.A.Eversmanning asarida Buxoro xonligining ichki va tashqi savdo-iqtisodiy aloqalariga oid batafsil maʼlumotlar keltirilgan, shu bilan birgalikda shaharda mavjud karvon saroylar tahlil qilingan. 1841-yilda Rossiyadan Buxoroga “1841-1842-yillar Buxoro ekspeditsiyasi” nomi bilan ma’lum bo‘lgan podpolkovnik K.F.Butenyev ekspeditsiyasi jo‘natilgan bo‘lib, uning tarkibida M.Bogoslovskiy, V.Leman, N.Xanikov va boshqalar ham bo‘lgan. Missiya qatnashchilari Buxoro bo‘ylab tadqiqot ishlarini olib borgan. Ekspeditsiya vakillari tomonidan tabiiy-tarixiy, geografik xarakterdagi maqolalar va asarlar nashr qilingan. K.F.Butenyevning o‘zi jurnalda Buxoro amirligidagi tog‘-kon sanoati, mineralogiya va tangashunoslik bo‘yicha bir nechta maqolalar nashr qildirgan.

K.F.Butenyev missiyasi vakillaridan biri yirik rus sharqshunosi, diplomat, tarjimon Nikolay Xanikov bo‘lib, Buxoroga tashrifi yakunida o‘zining “Buxoro xonligi tarixi” asarini yaratgan. Asar muallifning o‘zi guvoh bo‘lganlari, so‘rab-surishtirishlari va rasmiy hamda shaxsiy yozma hujjatlarni o‘rganishlari asosida yozilgan.

Mazkur maqolada elchilik vakillari tomonidan yaratilgan asarlarda Buxoro amirligining savdo-iqtisodiy munosabatlari, ichki va tashqi savdo holati, karvon saroylari, ularning qurilishi, nomlari, kimlarga tegishli ekanligi, hujralarni ijaraga berish narxlari va u joyda yashagan turli mamlakat savdogarlari haqidagi maʼlumotlar tahlil qilingan. Karvon saroylarning mamlakat ichki va tashqi savdo munosabatlarining rivojlanishidagi ahamiyati ochib berilgan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-28

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521