IKKINCHI JAHON URUSHI OLDIDAN YAMAN DAVLATINING SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-02-16Muhim iboralar:
Yaman, Hijazo-Najd, imom Yahyo, Ibn Saud, zaydiylar, shofiiylar, idrisiylar, Asir, Najron, Saudiya Arabistoni-Yaman qarama-qarshiligi, Adan protektorati, Adan mustamlakasi.Annotatsiya
Ushbu maqolada Hindiston Milliy arxivida saqlanayotgan Britaniya maxfiy diplomatik hujjatlari, shuningdek, ingliz, arab va rus tillaridagi adabiyotlar asosida Buyuk Britaniyaning katta strategik ahamiyatga ega Qizil dengiz havzasi janubidagi siyosatining oʻziga xos xususiyatlari koʻrib chiqildi. Maqolada XX asr boshlarida Yamanning Buyuk Britaniya va Usmonli imperiyasi o'rtasida bo'linishidan keyin Yaman davlati shakllanishining haqiqiy tarixi ko'rib chiqildi. London va Britaniyaning Aden mustamlakasi o'rtasidagi diplomatik yozishmalar materiallari xalqaro vaziyatning o'zgarishi Britaniya mustamlakachilarining Yamanga nisbatan qaror qabul qilishiga qanday ta'sir qilganini, ular Arabiston yarim orolining janubida o'z mavqeni saqlab qolish uchun qanday usullardan foydalanganligini ko'rsatishga imkon bergan. Shu usullar orasida shantaj qilish, mahalliy shayxlarga pora berish, zaydiylar va shofiiylar o‘rtasida diniy adovat qo‘zg‘atish, diplomatik bosim, harbiy tahdid, Yaman hududlarini samolyotlar yordamida bombardimon qilish, Yaman imomi va Ibn Saud o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirish edi.