+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ILK O‘RTA ASRLAR ARAB NASRI(NOTIQLIK JANRI) –XITOBALARDA USLUBNING AHAMIYATI

muallif

  • Feruza Jurayeva

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-02-04

Muhim iboralar:

uslub, johiliyat zamoni, xitoba, arab xalqi, oddiy muoloqot, yuksak, badiiy ta’bir, tanlay olish, ehtiyoj, ta’sir kuchi.

Annotatsiya

Maqola adabiyotshunoslik fanining muhim  muammolaridan biri bo‘lgan uslub va  uning ilk o‘rta asr arab nasri, xususan notiqlik janri  - xitobalardagi vaziyatini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Muallif ilk o‘rta asr arab adabiy merosida juda katta nufuzga ega bo‘lgan xitoba janrini tadqiq etish uchun arab xalqining so‘z san’atiga bo‘lgan  tug‘ma iqtidori va bundan foydalanuvchilarga yuksak ehtiromi manbalari qayerda ekanini izlab topishga intiladi. Johiliyat zamonlarida arab xalqining kundalik maishiy hayotidagi va ularning urug‘-qabilaviy munosabatlaridagi oddiy muloqotdan  yuksak badiiy ta’bir darajasiga ko‘tarilgan xitobalarning jozibasida xatiblar qo‘llagan uslubiy xususiyatlarni teran ilmiy nigoh bilan ko‘zdan kechiradi. Muallif uni aytuvchilar(xatiblar)ning tinglovchilar darajasi, ta’bi, gapirilayotgan vaziyat, notiqning maqsadi va xitoba mavzusiga ko‘ra xilma - xil uslubni to‘g‘ri tanlay olganliklari xitobaning  ta’sir qudratini oshirishda muhim rol o‘ynashini e’tirof etadi. Maqola muallifi  arab adabiyotining ma’lum bir davrlarida yetakchi janrga aylangan xitobalarning uslubini johiliyat, ilk islom va ummaviylar davridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar ta’siri ostida harakatga kelishini ilmiy tadqiq etishga harakat qiladi. U  tilga olingan har uchala davr notiqlari uchun umumiy va farqli jihatlarni ajratadi, ularga adabiy jihatdan baho beradi. Har bir davr uslubining o‘ziga xosligini to‘la aks ettiruvchi tipik xitobalarni uslubiy tahlil qiladi. Tahlil jarayonida muallif  xitoba uslubining dinamik o‘zgarishlarini badiiy bo‘yoqlar ta’siri ostida ro‘y berishini ko‘rsatishga harakat qiladi. Maqola so‘nggida muallif ilk o‘rta asr arab xitobalari uslubi  va  arab notiqlarining omma oldida nutq aytishlarida bu muhim adabiy unsurning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildiradi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-14

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521