AMAL DUNQUL SHEʼRIYATI POETIKASI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-02-03Muhim iboralar:
«yangi sheʼriyat», anʼanaviy qasida, erkin sheʼr, shakl, mazmun, aruz, vazn, rukn, qofiya turlari, ritorik takror, tashbih, obraz, iqtibos.Annotatsiya
XX asrning ikkinchi yarmida Misr sheʼriyatiga kirib kelgan Amal Dunqul hayotga boʻlgan munosabatini oʻziga xos badiiy sheʼriy shaklda ifodaladi. U “yangi sheʼriyat”ning boshqa vakillari singari aruzga murojaat qilib, uning ruknlaridan foydalandi va har bir sheʼrni aruzning biror bahri rukniga asoslangan holda yozdi. U arab sheʼriyatining ikki daryosini – asrlar davomida sheʼriyatning asosi boʻlib kelgan aruz vazni bilan yangi sheʼriy shaklni bir-biriga qoʻshishga muvaffaq boʻldi. Amal Dunqul oʻz sheʼrlarida takror, tashbih, jonlantirish kabi sanʼatlarni qoʻllashda ham arab sheʼriyatining benihoya boy tajribasidan foydalandi. Shu bilan birga koʻp hollarda mustaqil ish tutib, oʻziga xos badiiy uslub yaratdi. Bular oʻz navbatida “yangi sheʼriyat”ning keyingi bosqichlardagi rivojida oʻz hissasini qoʻshdi.