+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

ZAMONAVIY OʻZBEK VA ARAB HIKOYALARIDA ANʼANA VA NOVATORLIK (ISAJON SULTON VA JOʻRJ SALIM IJODI MISOLIDA)

muallif

  • Dilafruz Muxiddinova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-02-02

Muhim iboralar:

anaʼana va novatorlik, realizm, modernizm, ekzistensializm, xalq ogʻzaki ijodi, talmeh, ramz.

Annotatsiya

Adabiyotda anʼana va novatorlik masalalari doimiy dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Har bir ijodkor bir vaqtning oʻzida oʻzidan oldingi anʼanalarning davom ettirguvchisi va ayni paytda yangiliklarning targʻibotchisi ham hisoblanadi. Bu borada mazkur maqolada tahlilga tortilgan ikki ijodkorning ijodida aynan mana shu xususiyatlarni koʻrish mumkin. XX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan arab yozuvchisi Joʻrj Salim ijodini realizm anʼalarini davom ettirishdan boshlab, ijodining ikkinchi bosqichida modernizm kabi zamonaviy yoʻnalishlarni oʻzlashtirgan holda davom ettirgan. Bugungi kun zamonaviy oʻzbek adabiyotida alohida oʻringa ega boʻlgan yozuvchilardan Isojon Sulton ham oʻzidan oldingi anaʼanalarni davom ettirgan holda zamonaviy hikoyalar yaratmoqda. Mazkur maqolada ikki adib, yaʼni arab va oʻzbek yozuvchilarining hikoyalari orqali anʼana va novatorlik xususiyatlari tahlil qilingan.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-14 — Обновлена 2024-10-14

Версии

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521