+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

BUYUK XORAZMLIK MUTAFAKKIR MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIYNING MAQOMALARIDA AXLOQIY-MA’NAVIY ME’YORLAR

muallif

  • Ra'no Xo'jaeva

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-02-01

Muhim iboralar:

maqoma, arabiyzabon adabiyot, islom tamadduni, maʼnaviy-badiiy meros, islomiy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, adib, olim.

Annotatsiya

IX–XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalaridan Mavarounnahr va Xorazm oʻlkalarida arab tilidagi ijodning yuksalishi kuzatildi. Ushbu mintaqalarda rivojlangan boy arabiyzabon adabiyot musulmon olamida roʻy bergan madaniy yuksalish – musulmon Sharqi Renessansining birinchi bosqichiga zamin yaratdi va musulmon xalqlarining maʼnaviy-ijtimoiy fikri rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Allomalar Abu Bakr Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abulqosim Mahmud Zamaxshariy oʻz faoliyati davomida ilmiy va adabiy ijodni birga olib bordilar, ikkala sohada ham betakror asarlar yaratdilar. Arab tilida yozilgan badiiy asarlar arab adabiyotining oltin zahirasiga kirib, uning salmoqli qismini tashkil qildi. Maqola shunday asarlardan imom Zamaxshariyning “Ummahat kutub va turas al-lugʻat al-arabi” (“Arab tilidagi asosiy kitoblar va meros”) safiga kiritilgan “Zamaxshariy maqomalari” asaridagi maqomalarni tahlilga tortadi va bu adabiy yodgorlikdan joy olgan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga toʻxtaladi. “Zamaxshariy maqomalari” kabi arab tilidagi adabiy yodgorliklar musulmon xalqlarining maʼnaviy-estetik didini charxlashda katta rol oʻynab keldi va jahon adabiyoti jarayonida munosib oʻrin egalladi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-14

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521