+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

HINDISTON TASHQI SIYOSATINING KONSEPTUAL ASOSLARI VA ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI TAHLILI

muallif

  • Hilola Mustapova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-16

Muhim iboralar:

tashqi siyosatning fundamental asoslari, hayotiy muhim milliy manfaatlar, kuchlar nisbati, geosiyosiy omillar, Kashmir, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar, qo‘shilmaslik harakati, taraqqiy ettirish, umumiy qurolsizlanish, global hamkorlik, ichki ishlarga aralashmaslik.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Hindistonning tashqi siyosati shakllanish bosqichlari, mamlakatning Janubiy Osiyo mintaqasidagi yetakchilik qilish va buyuk davlat sifatida namoyon bo‘lishi asoslari, uning turli mintaqalaridagi geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlari,  tashqi siyosatga doir turli loyihalari va tashabbuslari tahlili beriladi.

Mamlakat tashqi siyosatining strategik maqsadi bo‘lmish global miqyosdagi davlatga aylanish g‘oyasi mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida belgilab olingan edi. Hozirgi kunda kollektiv xavfsizlik va ko‘p qutblilik prinsiplariga amal qilayotgan  Dehli dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatib, o‘zining ko‘p vektorli tashqi siyosatini jadallashtirmoqda. 

Hindiston bir necha o‘n yil davomida milliy davlatchilik qurilishi va davlatning mintaqaviy rolini shakllantirishda katta natijalarga erishdi. Ayniqsa, Hindiston Janubiy Osiyoning yirik davlatiga, balki yaqin o‘n yillikda mintaqaviy va global miqyosda dunyoning qudratli mamlakatiga aylanishi tobora haqiqatga aylanib bormoqda.

Hindiston tashqi siyosiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu kichik, o‘rta va yirik davlatlarni qamrab olgan qit’alar va yarim sharlar bo‘ylab keng ko‘lamli diplomatik faoliyatdir.  Hukumatning katta va kichik mamlakatlar bilan munosabatlarini “Vasudhaiva Kutumbakam”, ya’ni “dunyo bir oila” ruhida qurishga undaydi. Dehli yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlarni yaxshilash, Xitoy va Pokiston (mintaqadagi asosiy raqiblari) bilan aloqalarini moʻtadillashtirish, Afrika, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoning ayrim qismlari, Arab ko‘rfazi va Hind okeani mintaqalaridagi pozisiyalarini tiklash uchun ko‘p harakat qildi. Shu bilan birga, Hindiston yetakchi davlatlar bilan, ayniqsa, Rossiya va AQSH bilan munosabatlarini yanada rivojlantirmoqda.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-03

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521