+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

MIGRATSIYA MUAMMOSI VA UNI HAL ETISHGA DOIR NAZARIY-KONSEPTUAL YONDASHUVLAR

muallif

  • Durdona Madaminova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-15

Muhim iboralar:

migratsiya, xavfsizlik, iqtisodiy migratsiya, energetika omili, demografik dinamika, gumanitar inqiroz, iqtisodiyot tarmoqlari, iqlim migratsiyasi, tabiiy omillar, transmilliy xususiyatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, immigratsiya, emigratsiya, reemigratsiya, repatriatsiya.

Annotatsiya

Migratsiyani o‘ziga xos murakkab va turfa xilligi bilan ajralib turuvchi ijtimoiy fenomen sifatida ta’riflash mumkin. Odatda, migratsion oqimlar rivojlanish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan davlatlardan nisbatan taraqqiy etgan, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan (masalan, oylik maoshi yuqori bo‘lgan) mintaqa va davlatlar tomon harakatlanadilar. Global miqyosdagi ko‘chishlar o‘z ko‘lamiga ko‘ra, rekord darajaga yetgan bo‘lib, ayni paytda ichki ko‘chirilganlarning umumiy soni 55 million kishini, qochoqlar soni esa, 26 millionni tashkil etmoqda. Garchand, xalqaro muhojirlar dunyo aholisining 3,6 foizini tashkil etsada, davlatlar kesimida ularning turlicha namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. Masalan, Saudiya Arabistoni kabi davlatlardagi muhojirlar soni aholining 88 foizini tashkil etadi.

Bugungi kunda 281 mln.dan ortiq shaxs, ya’ni dunyo aholisining 3,6% xalqaro migratsiya jarayonlariga jalb etilgan bo‘lib, bu 1990 yil ko‘rsatkichlari (128 mln)ga nisbatan 3 barobar ko‘pdir. Shunga ko‘ra, biz xalqaro migratsiyaga qabul qiluvchi va yuboruvchi davlatlarning demografik dinamikasi, mehnat bozori hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida e’tibor qaratish muhim, deb hisoblaymiz.

Bugungi kunda IT mutaxassislarining Belorussiya va Rossiyani ommaviy tarzda tark etishi mazkur davlatlarda ham xavotirga sabab bo‘lmoqda. Yevropa davlatlari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi qochoq ko‘rinishidagi migrantlarning oqimi jadallashuvidan manfaatdor emas. Bu borada YeI 2015-yilda Turkiya bilan qochoqlarni Turkiya hududida tutib turish bo‘yicha sharnnoma ham imzolagan. Rossiyada mehnat migrantlari iqtisodiyot tarmoqlarini tanqis bo‘lgan arzon ishchi kuchi bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. Zero, COVID-19 pandemiyasi sharoitida chegaralar yopilishi oqibatida mamlakat iqtisodiyoti ishchi kuchi yetishmasligi bilan bog‘liq maummolarni boshdan kechirdi. Shu bilan birga, migrantlar Rossiya uchun yuboruvchi davlatlarga bosim o‘tkazish instrumenti sifatida ham imkon yaratmoqda. Demak, migratsiya va uning oqibatlari bu davlatlar tomonidan qaysi rakurs orqali baholanishiga bog‘liqdir.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-03

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521