ZAMONAVIY XITOY SHEʼRIYATI EVOLUTSIYASINING TARIXIY SABABLARI XUSUSIDA
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-06Muhim iboralar:
yangi sheʼriyat, sheʼriyat inqilobi, diniy-falsafiy qarashlar, evolutsiya, adabiy maktablarAnnotatsiya
Asosiy mezoni nafislik hisoblangan hamda qatʼiy metrik meʼyorlar va anʼanaviy estetik talablarga ega bo‘lgan mumtoz sheʼriyat o‘z o‘rnini xalqchil, mavjud qoidalardan holi, o‘zining yangicha estetik tamoyillariga ega bo‘la boshlagan sheʼriyatga bo‘shatib berdi. Bu o‘zgarishlar jarayoni estafeta singari bir adabiy oqimdan boshqasiga o‘tib bordi: dastlab yuzaga kelgan vatanparvarlik sheʼriy oqimi yangi sheʼriyat oqimiga, undan inqilobiy sheʼriyat oqimiga o‘tib nihoyat “4-may” adabiy-madaniy harakatining faol ishtirokchilari va sheʼriyatni to‘liq bayxua tiliga o‘tkazish tarafdorlari bo‘lgan adiblargacha yetib keldi. Va shu tariqa xitoy sheʼriyatining uzoq va murakkab o‘tgan dastlabki evrilishlar davri o‘z nihoyasiga yetdi. Maqolada xitoy sheʼriyatida yuz bergan jvrilishlar jarayonining tarixiy ildizlari borasida ayrim fikr-mulohazalar keltiriladi.