+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

1940-YILLARDA QOʻQON ADABIY MUHITI MANZARALARI

muallif

  • Gulbahor Sayidganiyeva

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-05

Muhim iboralar:

Qoʻqon adabiy muhiti, 1940-yillar adabiyoti, “Yangi Fargʻona”, Sharif Rizo, Charxiy, Javdat Abdulla, Aziz Qayumov, Qoʻqon Adabiyot muzeyi..

Annotatsiya

Maqolada Qoʻqon adabiy muhitining nisbatan kam oʻrganilgan 1930-40- yillaridan keyingi davri mavzusi yoritildi.  1940- yillarda Qoʻqonda adabiy jarayon vakillari haqida maʼlumotlarni yigʻish, tegishli  manbalar, arxiv maʼlumotlari orqali davr adabiy muhiti manzarasini tiklash, ijodkorlari haqida maʼlumot toʻplash va obzor berishni maqsad qildik. Maqolani yozish jarayonida qiyosiy-tipologik, prosopografik, bibliografik, tavsifiy va matn tahlili kabi metodlardan foydalanildi. Davr haqida ayrim shaxslarning xotiralari, shaxsiy arxivlar, gazeta-jurnallar sahifalaridagi maʼlumotlar, bosma nashrlardan foydalanib tadqiqot olib borildi. “Yangi Fargʻona” gazetasining Qoʻqon Adabiyot muzeyida saqlanuvchi jildtaxlamlari ham asosiy manba boʻlib xizmat qildi. 1940-yillarda matbuot, ayniqsa, "Yangi Fargʻona" gazetasi  bu regiondagi yangi adabiy muhit  rivojiga katta turtki berdi, ijtimoiy fikr va badiiy ijodkorlik taraqqiyotida muhim rol oʻynadi, ijodkorlarni birlashtirgan adabiy minbar, kuchli markaz sifatida namoyon boʻldi. Manbalar orqali Sharif Rizo, Charxiy, Javdat Abdulla, Aziz Qayumov va boshqa ijodkorlarning ushbu davrdagi asosiy adabiy jarayon ishtirokchilari ekanligi aniqlandi. Bu maʼlumotlar oʻzbek adabiyotining muhim qismi boʻlgan adabiy muhit boʻyicha keyingi kengroq tadqiqotlarga manba boʻlib xizmat qiladi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-10-03

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521