“TURKIY DUNYONING OLIY ORDENI” VA “ALISHER NAVOIY XALQARO MUKOFOTI”NING TARIXIY AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-04-04Muhim iboralar:
Turkiy davlatlar tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, “Naxichevan shartnomasi”, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston, “Alisher Navoiy” xalqaro mukofoti, Istanbul sammiti, Shavkat Mirziyoyev, Chingiz Aytmatov, “Turkiy dunyoning oliy ordeni”, Vengriya, Adam Yunisov, Nursulton Nazarboyev, Ilhom Aliyev, “Turkiy taraqqiyot – 2040”, Rejep Tayyib Erdog‘an, Gurbanguli Berdimuhamedov, Yaqin Sharq masalasi, Qasim-Jomart To‘qayev, Sadir Japarov.Annotatsiya
Ushbu maqolada tarixiy ildizlari bir, til va din jihatidan qardosh bo‘lgan turkiy mamlakatlarning so‘nggi o‘ttiz yillikdagi o‘zaro madaniy aloqalari, bu aloqalarning rivojida Turkiy Kengashning o‘rni ahamiyatli ekanligi, Turkiy davlatlar tashkiloti tuzilgach har taraflama mustahkamlangan tashkilotning jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashayotgani va bunda madaniy-ma’naviy aloqalarning o‘rni beqiyos ekanligi xususida so‘z boradi. Jumladan, maqolada Turkiy dunyo nobeliga qiyoslanayotgan “Alisher Navoiy xalqaro mukofoti” va bir qator davlat rahbarlari taqdirlangan “Turkiy dunyoning oliy ordeni” haqida batafsil tarzda ma’lumot berilgan. Mukofotlarning ta’sis etilishi, bunga sabab bo‘lgan omillar hamda ushbu mukofotlarga erishishdagi ketma-ketlik jarayonlari haqida ham maqolada yoritilgan. Ushbu ikki nufuzli mukofot haqida bayon etish barobarida turkiy dunyoning boshqa madaniy tadbirlari, turkiylarning mashhur shaxslari, xalq qalbida yashab kelayotgan ijodkorlarning yubileylari nishonlanishi haqida qarorlar qabul qilinishi hamda kelajakda bunday ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar sonini ko‘paytirish lozimligi xususida ham fikrlar keltirib o‘tilgan.