+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

OTA TUSHUNCHASI IFODALOVCHI OʻZBEK VA TURK XALQ MAQOLLARINING QIYOSI

muallif

  • AHMET ERDEM тадқиқотчи, ЎТАУ

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-01issue-02-02

Muhim iboralar:

Oʻzbek, maqol, ota

Annotatsiya

Maqollar xalqlarning oʻtmishdan to hozirgi kungacha boʻlgan axloqiy-madaniy qadriyatlari, e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analarini oʻzida mujassam etgan madaniy boyliklardir.

Ushbu tadqiqotda turk va oʻzbek xalqlarida erkaklarning otalik roli bilan bog‘liq maqollar qiyosiy yoʻl bilan muhokama qilinadi. Ota tushunchasiga bag‘ishlangan oʻzbek va turk maqollarining soni juda koʻp ekanligi aniqlandi. Biroq maqolaga topilgan maqollardan ayrimlari kiritilgan.

Maqoladagi “ota” tushunchasini ifodalovchi maqollar oʻzbek va turk tillardagi ayrim manbalar va lug‘atlardan izlab topildi. Oʻmer Asim Aksoyning ikki jildlik “Maqol va iboralar lug‘ati” (1988)  va boshqa maqol lug‘atlaridan turk maqollari uchun manba sifatida foydalanildi. Oʻzbek maqollari uchun “Oʻzbek xalq maqollari” lug‘ati (Turdimov va boshqalar, 2005) asos boʻlib xizmat qildi.

Ota bilan bog‘liq har ikki xalq maqollari semantik jihatidan tadqiq qilindi. Natijada “ota” ifodasiga oʻzbek va turk xalqlarida oʻxshash ma’noga ega muqaddas tushuncha sifatida qaralishi aniqlandi. Har ikki qardosh til uchun ota bilan bog‘liq maqollarning oʻxshash va farqli tomonlarinio‘rganishga harakat qilindi.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-10-03

Ushbu son

Soha

Articles

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521