+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

O‘ZBEKISTON VA XITOY O‘RTASIDAGI SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIKNING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI VA SALOHIYATI

muallif

  • ALIBEK YULDOSHEV o'qituvchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

Oʻzbekiston, Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi,

Annotatsiya

Maqola Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, hamkorlik aloqalari 1992-yildan boshlab oʻrnatilgan boʻlsa, undan keyingi jarayonlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi qonuniy asoslarning yaratilishi va bugungi kungacha boʻlgan savdo iqtisodiy hamkorlikdagi asosiy tendensiyalar, shu bilan birga savdo-iqtisodiy aloqalarining kelajak istiqbollari va imkoniyatlariga bagʻishlanadi.

Soʻngi yillarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo iqtisodiy aloqalar barqaror rivoj­lanib kelmoqda. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari barcha sohalarni qamrab oladi, mamlakatlar oʻrtasida oʻrnatilgan oʻzaro ishonchli aloqalar hamkorlikning asosini tash­kil etadi. Oʻzbekiston va Xitoy hukumatlari tomonidan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, oʻzaro foyda, manfaatlarni hisobga olish va teng huquqlilik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatlar oʻrtasida siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qishloq xoʻjaligi, qurilish, turizm, fan, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

2021-yil 29-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Djinpin bilan telefon orqali muloqoti davomida keyingi yillarda Oʻzbe­kiston – Xitoy doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani, mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. Davlatlar rahbari mamlakatlarning yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish, shuningdek, eksport va import koʻrsatkichlarining mutanosibligini taʼminlash sari muvaffaqiyatli harakatlarini alohida taʼkidladilar. Shuningdek ikki mamlakat yetakchi korxonalarining turli tarmoqlaridagi kooperatsiyasini kuchaytirish, iqtisodiyotning yuqori texno­logik tarmoqlaridagi loyihalarni ilgari surishda oʻzaro koʻmaklashish zarurligi qayd etildi.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-28

Ushbu son

Soha

Articles

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521