+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

O‘ZBEKISTON-XITOY ENERGETIKA HAMKORLIGI

muallif

  • AZIZBEK NIGMONOV Tayanch doktorantura, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

Oʻzbekiston, Xitoy, investitsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlik

Annotatsiya

Maqola Oʻzbekiston-Xitoy energetika hamkorligi, ularning amalga oshirilishi, ikki mamlakat energetika sanoatiga taʼsiriga bagʻishlangan. Kelgusida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar keng koʻlamli shakllarga ega boʻlishi mumkin. Bu Pekin va Toshkentning hozirgi bosqichdagi strategik manfaatlari toʻliq mos kelishi bilan bogʻliq – har ikki tomon Oʻzbekistonning mintaqaviy xavfsizligini mustahkamlashdan, Xitoy esa uning energiya isteʼmolini diversifikatsiya qilishdan manfaatdor.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyidagi Xitoyga davlat tashrifi Oʻzbekiston – Xitoy Xalq Respublikasi hamkorligida yangi bosqichga olib chiqdi. Sh.Mirziyoyev davrida Oʻzbekiston Xitoy sarmoyasi yordamida gidro va issiqlik energetika sanoatini modernizatsiya qilish amalga oshirish imkoniga ega boʻldi.

Xususan, Oʻzbekiston gidroenergetika salohiyatini kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda 2017-2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilinib, ushbu dasturga muvofiq 14 ta GESni modernizatsiya qilish va 18 ta yangi GES qurish rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, ushbu dasturda Oʼzbekiston koʼmir sanoatini modernizatsiya qilishga qaratilgan edi.

2010-yilda “Oʻzbekneftgaz” va CNPC tomonidan imzolangan loyihani amalga oshirish jarayonida Dengizkoʻl Xojidavlat va Sharqiy Olot gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish va “Xodjisoyat” uchastkasini oʻzlashtirish loyihasi ishlab chiqilib, 377,5 million AQSH dollarini tashkil qildi.Bu loyiha 2013-2020-yillarda amalga oshirildi va Xitoyning Janubiy neft va gazni qidirish va rivojlantirish korporatsiyasi tomonidan (CNODC) toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb qilindi.

2020-yilning 4-choragi yakuniga koʻra loyiha boʻyicha konlarni oʻzlashtirish va qurish ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirildi, buning natijasida qoʻshimcha 1 milliard m3 tabiiy gaz qazib olindi va yangi gaz kondensatini ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Ushbu loyiha doirasida “China Petroleum Engineering & Construction Corporation” tomonidan, 16 ta quduqni ishga tushirish (ulardan 9 tasi qayta burgʻilash), 84 km gaz quvurlarini yotqizish va 72 oʻrinli bino qurilishi koʻzda tutilgan.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-28

Ushbu son

Soha

Articles

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521