XITOY XALQ RESPUBLIKASI JANUBIY-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARIDA BAHSLI HUDUDLAR MASALASI
Muhim iboralar:
Janubiy Xitoy dengizi, Xitoy Xalq Respublikasi, VyetnamAnnotatsiya
Maqolada Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy muammolarni hozirgi holati va mintaqadagi kuchlar muvozanatidagi oʻzgarishlar, Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy muammolar atrofidagi voqealarda Xitoyning roli shuningdek, mintaqa davlatlari – Xitoy, Vyetnam, Indoneziya, Filippin, Bruney, Malayziya va Tayvan oʻrtasidagi Janubiy Xitoy dengizi masalasidagi qarama-qarshiliklarga toʻxtalib oʻtilgan.
XXI asrning ikkinchi oʻn yilligida Janubiy Xitoy dengizida vaziyat keskinlasha boshladi. Bu esa oʻz navbatida Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari oʻrtasida munosabatlarni keskinlashishiga olib keldi.
Maqolada asosiy urgʻu Janubiy Xitoy dengizi soʻnggi yillardagi tendensiyalarga qaratilgan. Jumladan Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo davlatlarining manfaatlari toʻqnashgan hudud boʻlib qolmoqda. Ushbu jarayonlarda eng koʻp manfaatdor davlat Xitoy Xalq Respublikasi boʻlib qolmoqda. Janubiy Xitoy dengizi orqali muhim jahon savdo yoʻllari oʻtadi. Dengiz havzasi energoresurslar va bio resurslarga boy. Shuningdek, Janubiy Xitoy dengizidagi orol va riflar geografik joylashuviga koʻra AQSH blokadasiga qarshi kurashda harbiy-strategik muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan Janubiy Xitoy dengizi Xitoyning kelajakda buyuk davlatga aylanishi uchun oʻta muhim mintaqa hisoblanadi.
Maqolada asosiy eʼtibor zamonaviy davrda Janubiy Xitoy dengizidagi zamonaviy tendensiyalar va mintaqadagi siiyosiy vaziyat tahliliga qaratilgan.
Soʻnggi yillarda Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi siyosati mintaqa davlatlari milliy xavfsizligiga va suverenitetiga daxl qilmoqda. Xitoy kemalari ASEAN davlatlarining iqtisodiy zonalariga bemalol kirib kelishi, ayrim orollarning Xitoy tomonidan egallab olinganligi, sunʼiy orollarning qurilishi va ularda Xitoy harbiy kuchlarining joylashtirilishi davlatlarning keskin noroziligiga sabab boʻlmoqda. Biroq Janubi-Sharqiy Osiyodagi koʻplab davlatlar Xitoy bilan iqtisodiy jihatdan chambarchas bogʻliq va Xitoyga qarshi ochiqdan ochiq kurasholmaydilar. Shu munosabat bilan Janubiy Xitoy dengizida vaziyat sezilarli darajada murakkablashmoqda.