+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

XITOYNING MARKAZIY OSIYODAGI ENERGETIKA-IQTISODIY DIPLOMATIYASI

muallif

  • OQILIDDIN ALIMOV siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

energetika diplomatiyasi, energetika strategiyasi, energetika xavfsizligi

Annotatsiya

Xitoy Xalq Respublikasi hozirgi vaqtda rivojlanish dinamikasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinlardan birini egallaydi. Albatta, milliy iqtisodiyotning yuqori oʻsish surʼatlarini saqlab qolish energiya resurslariga boʻlgan talabni ham oshiradi. Mamlakat ichida katta hajmdagi neft zaxiralari boʻlmasa-da (statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyo jami zaxiralarining 1,1% ini tashkil qiladi), Xitoy neft qazib olish boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda turadi. Mamlakat neft qazib olish boʻyicha yirik davlatlardan biri boʻlishiga qaramay, ayni paytda uning eng yirik importyori hamdir.

Energiya isteʼmolining doimiy oʻsishi natijasida XXR neft importini tobora koʻpaytirishga majbur boʻlmoqda. 2020-yilda neft importi 7% oshirilib, 61,83 mln. tonnani tashkil etdi. Mamlakat ichida ishlab chiqariladigan neft hajmi yanada oshirilgan taqdirda ham, energiya resurslariga boʻlgan talab mahalliy neft qazib olish darajasidan ancha tez oʻsadi. Tabiiy gaz bilan bogʻliq vaziyat ham keskinligicha qolmoqda. Mamlakat tabiiy gazning katta zaxiralariga ega emas, aniqlangan zaxiralar hajmi dunyo jami zaxiralarining 1,5 foizini tashkil qiladi.

Markaziy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyati Xitoy bilan yaqin hamkorlikka kirishgan. XXRning Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib bormoqda. Shuningdek, iqtisodiy va energetika hamkorligi koʻplab yangi integratsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga turtki berdi. Jumladan, “Ipak yoʻlining tiklanishi” loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy, Turkiya va hatto Germaniya bilan yanada qulay va dinamik iqtisodiy hamkorligi uchun yangi infratuzilma tarmogʻini qurishni nazarda tutadi. Mazkur loyiha doirasida nafaqat bojxona rejimlarini soddalashtirish, balki yangi aloqa yoʻllarini qurish, Osiyo bozorini kengaytirish rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyo mintaqasi bilan energetik hamkorlik yaqin kelajakda Xitoyga energiya xavfsizligining yangi bosqichiga chiqish imkonini beradi. Dengiz yoʻllari orqali energiya resurslarini tashish xavfsizligining nihoyatda zaifligi tufayli Markaziy Osiyoning strategik roli tobora oshib bormoqda.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-28

Ushbu son

Soha

Articles

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521