+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

XITOY TILINING SHAKLLANISHI VA SHAKLLANISHI BAYHUA ZAMONAVIY XITOY TILINING ASOSI SIFATIDA

muallif

  • FERUZA HASANOVA filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Muhim iboralar:

tarjima, izchil, sinxron

Annotatsiya

Jahon tilshunosligida tilni diaxron va sinxron prinsiplari asosida tadqiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalari sifatida belgilanmoqda. Xitoy tili qariyb qirq asrlik tarixga ega boʻlib, bir tilning ikki tarmogʻi venyan va bayxua tillari tadrijiy rivojlanish davrlarini boshdan kechirgan. Xitoy tili grammatikasi, leksikasi va fonetikasi bilan bogʻliq jabhalarda yuzaga kelayotgan oʻzgarishlar koʻplab bahslarga sabab boʻlmoqda va hozirda muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Xitoy tilshunosligida venyanning tarixiy odimlari turli rakurslarda tadqiq etilmoqda. Bugungi kunda xitoy tilining qoʻsh hodisasi: venyan-bayxuaning nafaqat grammatik qurilishi, balki uslubiy-metodologik, semantik-pragmatik, lingvomadaniy, kognitiv-konseptuallik kabi xususiyatlari oʻrganilishida muammolar mavjudligi aniqlangan. Ayni izlanishlar bayxuaning leksik-grammatik shakllanishi, rivojlanishidagi diaxron aspektlar masalasida hanuzgacha nazariy boʻshliq borligini koʻrsatmoqda. Shu nuqtayi nazardan, mazkur maqolada xozirgi xitoy tili putunxuaga asos boʻlgan bayxua tilining shakllanishi va taraqqiyoti, manbalari va ushbu tilning xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.

Загрузки

Nashr etilgan

2022-09-28

Ushbu son

Soha

Articles

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521