XITOY TILIDAGI SON SOʻZ TURKUMINI OʻRGANISH DARAJASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARIGA OID
Muhim iboralar:
Son, hisob soʻz, reduplikatsiya, affiksatsiyaAnnotatsiya
Mazkur maqola hozirgi zamon xitoy tilida son soʻz turkumining oʻziga xos xususiyatlari haqida boʻlib, bu fikrlar oʻzbek xitoyshunoslarining bevosita xitoy tili grammatikasi bilan bogʻliq boʻlgan manbalarini tahlil qilish natijasida olingan. Maqolada sonlarning gapda kelishi va ishlatilishining muhim jihatlariga toʻxtalib, misollar yordamida mazkur soʻz turkumi haqida maʼlumotlar keltirilgan.Til tizimidagi eng konservativ qismlardan biri son soʻz turkumini tadqiq manbai oʻzbek xitoyshunoslari tomonidan qisman oʻrganilgan. Shu bilan birga, xitoy tilida sonlarning semantik xususiyatlari, numerologiya sohasida son va simvollar mutanosibligini monografik tarzda tahlilga tortish, xitoy diskursidagi sonlarning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berish, xitoy tilida sonlarning lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilish kabi masalalar oldimizda dolzarb boʻlib turibdi.