XITOYDAGI ISLOHOTLAR DAVRIDA ADIBA VAN ANI (王安忆) IJODI
Muhim iboralar:
ayollar adabiyoti, Xitoy, Van Ani ijodiAnnotatsiya
Mazkur maqola gender va ijod oʻrtasidagi ichki bogʻliqlik, ayollar ijodi va ayollar adabiyoti konsepsiyasi 80-yillarning oʻrtalariga kelibgina ilgari surila boshlanishi va buning asosiy sababi esa, ayrim adibalar oʻzlarining asarlarida ayollar masalasini koʻtarib chiqib, ayollar nuqtayi nazarini ifodalay boshlangani haqidadir. Aynan shu yillarda “ayollar adabiyoti” oʻzi mavjudmi degan masalaga ayol ijodkorlarning oʻzlari tomonidan ham qarama-qarshi yondashuvlar kuzatildi. Baʼzi adibalar “ayollar adabiyoti” yoʻnalishi mavjudligini inkor etmagan holda, oʻzlarini gender mansublik jihatiga urgʻu berishlarini istamadilar. “Ayollar adabiyotiga” mansublik goʻyoki ularning ijodiy qobiliyatiga mensimay, past nazar bilan qarashga olib keladi. Ammo zamonaviy gʻarb feminizmining adabiyotga kirib kelishi, ayol yozuvchilarning ijodiy tajribasining tobora ortib borishi, adabiy doiralarning ayollar adabiyoti konsepsiyasiga boʻlgan munosabatni tubdan oʻzgarishiga olib keldi. “Oʻqimishli yoshlar” toifasiga kiruvchi ayol ijodkorlarning mashhur vakili Van Ani (王安忆)dir. Adiba 80-90-yillarda sermahsul ijod qilgan.