TEMURIYLAR DAVRI RENESSANSINI OʻRGANISHGA MOʻLJALLANGAN DAVR MANBALARI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-16Muhim iboralar:
Temuriylar renessansi, Amir Temur, Ulugʻbek, Shoxruh, madaniyat, ilm-fan, sanʼat, yozma manbalarAnnotatsiya
Mamlakatimiz tarixida Ikkinchi Renessans davrini yaratgan ajdodlarimiz temuriylar hisoblanadi. Yangi uygʻonish davrini boshlab berar ekanmiz, oʻtmishda mavjud boʻlgan uygʻonish davrini har tomonlama chuqur tadqiq etish pirovard maqsadimiz hisoblanadi. Shuningdek, milliy davlatchiligimiz tarixida har bir sohada eng yuqori natijalarga erishilgan ushbu davr va hukmdorlarning madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi faoliyatini turli koʻrinishlarda tadqiq etish davom etadi.
Tarixdan maʼlumki, Amir Temur va temuriylar ulkan saltanat barpo qilishgan. Ular qoʻl ostidagi davlatlarda faqat bosqinchilik, buzgʻunchilik ishlarini olib borganmi yoki madaniyat rivojiga oʻzlarining hissalarini qoʻshishganmi? Bu masalalarga oydinlik kiritish biz tarixchi manbashunoslarning oldida turgan vazifadir.