OʻRXON PAMUQNING “SASSIZ UY” ROMANIDA “YOLGʻIZLIK” MOTIVI
DOI:
https://doi.org/10.37547%20/os/vol-02-01-02-07Muhim iboralar:
Oʻrxon Pamuq,“Sassiz uy”romani, postmodern roman, motiv, roviylar, polifoniya, dekonstruksiya, oʻyin hodisasi, parodiya, pastishAnnotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada turk postmodern adabiyotining yetakchi vakillaridan boʻlgan Oʻrxon Pamuqning “Sassiz uy” romanidagi yolgʻizlik motivi ochib berilgan. Maqolada postmodern matnning eng muhim xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Maʼlumki, oxirgi yarim asrda postmodernizm barcha fan sohalari qatori badiiy adabiyotning ham kun tartibidan joy oldi. Postmodern matnda hamma narsa oʻyin kabi namoyon boʻladi. Tarixiy va xayoliy, ijtimoiy va axloqiy motivlar muallif tomonidan oʻyin sifatida taqdim qilinadi.
Maqolada “Sassiz uy”romanidagi qahramonlarning bir-birlariga qarshi his qilgan muhabbat, nafrat tuygʻulari ochib berilgan. “Sassiz uy” romani yozuvchining ikkinchi romani hisoblanadi. Romanning asosiy mavzusi sevgi. Romanda har bir epizod personaj nuqtayi nazaridan birinchi shaxsda hikoya qilinadi. “Sassiz uy” romanida postmodern romanga xos xususiyatlardan biri roviylarning koʻpligi va polifoniya kuzatiladi. Romanning asosiy gʻoyasi “yolgʻizlik” muammosini yechishga qaratilgan boʻlib, butun bir avlodning yolgʻizlikning turli darajasidagi taqdirlari kesishmasidan iborat. Asardagi koʻplab sevgi voqealari umidsizlik, tushkunlik yoki iztirob bilan tugaydigan umumlashmalardan tashkil topgan.
“Sassiz uy” romani Oʻrxon Pamuqning postmodern romanchilik anʼanalarini boshlab bergan asari hisoblanadi. Oʻrxon Pamuq ijodining asosiy gʻoyasi Sharq-Gʻarb madaniyati oʻrtasidagi ziddiyatlar muammosini yechishdir. Yozuvchi ijodining bosh gʻoyasini ushlab turgan bu yirik konflikt oʻz ichida konservatorlik va liberallik, islom va nasroniylik, qadriyatlar va ommaviy madaniyat kabi yana bir qancha ziddiyatlarni qamrab oladi.
Oʻrxon Pamuq romanlarini oʻziga xos turk postmodern romani anʼanasini yaratish maqsadi ilgari surilgan matnlar deyish mumkin. Yozuvchi har bir asarida oʻziga xos strukturadan foydalanadi, asarda oʻzidan avvalgi adabiy manbalardan motiv olishdan choʻchimaydi. Eski motivlarni qayta ishlab, ulardan oʻzining gʻoyasini yuzaga chiqarishda, fikrini oʻquvchiga yetkazishda mahorat bilan foydalanadi.
Yuklashlar
Загрузки
Nashr etilgan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Ushbu son
Soha
##category.category##
Litsenziya
Copyright (c) 2024 Dilbarxon Asadova

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Authors retain copyright and grant the journal right of first publication with the work simultaneously licensed under a Creative Commons XX License...