+998712334521 nashriyot@tsuos.uz
Impact Factor
6.978
Country
Uzbekistan

RAQAMLI ASR DAVRIDA KONFESSIYALARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASH: ISLOM.UZ SAYTI MEDIAKONTENTLARIDA BAG’RIKENGLIK MASALALARI

muallif

  • Shahzoda Abduraimova

DOI:

https://doi.org/10.37547/ot/vol-03-02-20

Muhim iboralar:

media, bag’rikenglik, saytlar, internet, dinlararo totuvlik, “uz” domeni, islom.uz, maqolalar

Annotatsiya

Yurtimizda millatlar hamda dinlararo bag’rikenglikni mustahkamlash, jamiyatda diniy tolerantlikni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Sababi bag’rikenglik  g’oyasi  xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatan, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. O‘zbekistonda 130dan ortiq millat hamda elat vakillarining bir qancha asrlardirki tinch-totuv yashab kelayotgani, bu sohada har yili amalga oshirilayotgan islohotlar bejizga emasligining  yaqqol isbotidir.

Vatan tinchligi, yurt farovonligi, jamiyat hamjihatligi uchun esa, barcha birdek mas’uldir. Shu jumladan, media olamiga ma’lumot kirituvchi hamda oluvchi barcha foydalanuvchilar ham. So‘nggi yillarda farovonlikka rahna soluvchi ko‘plab yot g’oyalarning tarqalayotgani esa, har bir shaxsni yana sezgirlikni  oshirishga undaydi.

Hozirgi kunda texnologiya hamda internetning hayotimizdagi roli sezilarli darajada mustahkamlandi. Ular nafaqat jamiyat, ijtimoiy hamda kundalik hayotda balki, professional va ilmiy hayotimizda ham o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.

Ushbu maqolada veb-saytlarning, xususan “uz” domeni ostida faoliyat olib boruvchi rasmiy sahifalarning, diniy bag’rikenglikni saqlashdagi o‘rni, vazifalari haqida so‘z boradi. Qolaversa, dinlararo totuvlikni ta’minlashda veb-saytlardagi maqolalar ham tahlil qilinadi. Islom.uz platformasi asosiy tahlil uchun tanlab olingan bo’lib, saytdagi mediakontentlarda  bag’rikenglikning nayomon bo‘lishiga katta urg’u berilgan.

Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga tayanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do‘stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga asoslanadi. Har biri insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Yurtimizda qadimdan turli e’tiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelgan. 130 dan ziyod millat farzandlarining hur va ozod diyorda, tinchlik va osoyishtalik kayfiyatida yashashlari vatanimizning bag‘rikenglik o‘lkasi ekanining yorqin isbotidir. Uni saqlab turishda har bir yo‘nalish, xususan media, dinshunoslik kabi sohalar ham mas’uldirlar. Aynan shu jihatdan olgandan maqola mavzusi o‘zining dolzarbligini ko‘rsatadi.

Загрузки

Nashr etilgan

2024-12-05

Tashkent Uzbekistan
nashriyot@tsuos.uz
Call : +998712334521