ARAB OLAMIDA TARJIMA VA NAQL HARAKATI TARIXI
DOI:
https://doi.org/10.37547/ot/vol-02-02-15Keywords:
tarjima harakati, tarjimonlar, xalifalar, Abbosiylar davri, Umaviylar davri, tibbiyot, falsafa, mantiq, falakshunoslikAbstract
Ushbu maqola islom tamaddunida asrlar davomida muhim ahamiyat kasb etgan tarjima harakatiga bagʻishlangan. Uning asosiy rivojlanish bosqichlarini aks ettirish jarayonida turli davrlarda hukmronlik qilgan arab xalifalari, qasr vazirlari, koʻplab sohalarda faoliyat koʻrsatgan baʼzi boy oilalar vakillari, olim va mutaxassislarning tashabbuslari bilan yunon, fors, hind, suryoniy tillaridan xorijiy tamaddunlar merosiga oid qoʻlyozma, kitob va asarlar arab tiliga tarjima qilingan va, shu tariqa, arab merosi vujudga keltirilgan. Ayni paytda, turli sohalarda qalam tebratgan mutaxassislar faqat tarjima bilan chegaralanmasdan, balki oʻzlari ham riyoziyot, tibbiyot, farmatsevtika, falsafa, mantiq va boshqa sohalar mutaxassislari tarjima qilgan asarlar taʼsiri ostida ularga sharhlar, izohlar, raddiyalar yozib, ilm–fan rivojiga oʻz hissalarini qoʻshgan.
Shak–shubha yoʻqki, tarjima faoliyati, birinchi darajada, jamiyatga zarur boʻlgan tibbiyot va falakshunoslik sohalarida amalga oshirilardi. Zero tibbiyotsiz hayot tasavvur qilinmagan. Falakshunoslik esa Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi va quyoshning botish vaqtiga qarab namozni oʻqish vaqti bogʻliq boʻlgani hamda hilolning chiqish vaqtiga qarab esa – oylarning, xususan ramazon va hayitlarning kelish vaqti belgilangan.
Shu bois, tarjimonlar jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, oʻz faoliyatlarini rejalashtirganlar.
Maqola arab olamida tarjima harakatining boshlangʻich bosqichini aks ettiradi.